Makron Ozarbayjonga qarshi sanksiya kiritish samarasiz bo‘lishini aytdi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning fikricha, Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat tufayli Ozarbayjonga qarshi sanksiyalar qo‘llash teskari samara beradi. 

“Hozir sanksiyalar vaqti emas. Ular teskari bo‘lib, Armaniston hududi va uning aholisini iloji boricha himoya qilishga xalaqit beradi. Endi talablar, aniqlik, majburiyatlarni [bajarish], xususan, harbiy sohada qo‘llab-quvvatlash vaqti keldi. Fransiya tanlagan forma. Lekin sanksiyalar vaqti emas, chunki biz Ozarbayjon bilan muloqotni davom ettirishimiz kerak”, deydi u Yevropa siyosiy hamjamiyatining Granada (Ispaniya) sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida. 

Makronning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya Armanistonni, jumladan, Tog‘li Qorabog‘ aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda.  

“Hozir asosiysi [Qorabog‘dan] oilalar bilan bog‘liq vaziyat va chegara muammosi”, deydi Fransiya rahbari.

U mintaqadagi har qanday beqarorlikning oldini olish uchun Armaniston hukumatini qo‘llab-quvvatlash zarur, deb hisoblamoqda.  

Avvalroq Yevroparlament a’zolari Strasburgdagi yalpi majlisda Yevropa Ittifoqi va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish va Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat yuzasidan sanksiyalar joriy etish zarurligi to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Yevroparlamentning 5 oktyabr kuni Strasburgda o‘tgan yalpi majlisida Yevropa Ittifoqi va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish va Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat yuzasidan sanksiyalar qo‘llash zarurligi haqidagi rezolyutsiya qabul qilindi.  


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron Ozarbayjon-Armaniston Tog'li Qorabog' Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing