Makron Litvada Tixanovskaya bilan uchrashishi mumkin

Olam

image

Bugun, 29 sentyabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashishi mumkin. Fransuzlar yetakchisi hozir Litvaga tashrif buyurgan.

Makronning Vilnyusga kelishidan bir necha soat oldin Fransiya Hukumati Tixanovskaya uchrashishni so‘rasa, Makron bunga tayyorligini ta’kidlagan. Oradan ko‘p o‘tmay, Parij uchrashuv bo‘lishini tasdiqlagan.

Belarus mavzusi Makronning Litva Prezidenti Giganas Nauseda bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida ham tilga olindi. Fransiya rahbari Belarusning yuqori martabali amaldorlariga Yevropa Ittifoqi tomonidan tezroq sanksiyalar joriy qilish kerakligini aytgan. Shuningdek, u Belarusda hokimiyat tinch yo‘l bilan topshirilishi kerakligini, shunda boshqa davlatlar bunga aralashishining oldini olish mumkinligini qo‘shimcha qildi. Makron qo‘lga olishlarni to‘xtatib, namoyishchilarni eshitishga chaqirdi.

Avvalroq, Makron Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkodan o‘z xohishi bilan lavozimini tark etishga chaqirgandi. Bunga javoban Lukashenko uning o‘zi no‘noq siyosatchi ekanini va mamlakatidagi namoyishlar bilan shug‘ullanishi kerakligini aytdi.

Ma’lumot uchun, Belarusda bundan deyarli 2 oy avval boshlangan namoyishlar hamon bosilmayapti. Namoyishchilar 9 avgust kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan Aleksandr Lukashenkoning ketishini so‘rayapti. 


Maqola muallifi

Teglar

Litva Emmanuel' Makron Svetlana Tixanovskaya

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing