Makron Durovga Telegram shtab-kvartirasini Parijga ko‘chirishni taklif qilgan – WSJ
Olam
−
28 avgust
8323Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron 2018 yilda Telegram asoschisi Pavel Durovga kompaniya bosh qarorgohini Parijga ko‘chirishni taklif qilgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirkor va siyosatchi o‘rtasidagi uchrashuv tushlik paytida bo‘lib o‘tgan, bu haqda keng jamoatchilikka xabar berilmagan. Durov o‘z kompaniyasining bosh ofisini Fransiyaga ko‘chirishdan bosh tortgan, biroq Fransiya fuqaroligini olishi mumkinligi masalasini ko‘targan.
Bundan oldin “Le Canard Enchaîné” satirik gazetasi Durov Makron bilan kechki ovqat uchun Fransiyaga uchayotgani haqida xabar bergan.
Qayd etilishicha, hozir Telegram shtab-kvartirasi joylashgan BAAda rasmiylar ushbu ilovada ovozli qo‘ng‘iroqlarni bloklamoqda, chunki shifrlangan qo‘ng‘iroqlar xavfsizlikka tahdid hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Telegram'dan faol foydalanishi xabar qilingan edi.