Telegram’da domen bilan bog‘liq muammo kuzatilyapti

Texnologiya

image

Telegram messenjeridagi t.me qisqa havolalari butun dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi. Bu haqda Pavel Durov o‘zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 14 iyulga o‘tar kechasi Telegram’ga tegishli t.me domeni global DNS tizimidan chiqarilgan. Shundan so‘ng ushbu domen orqali yaratilgan kanal, guruh, profil va taklif havolalari ishlamay qolgan.

Telegram asoschisi Pavel Durov muammo yuzasidan .me domen zonasi operatoriga murojaat qilgan.

“Salom, @domainME. t.me havolalari ishlamay qoldi. Buni tekshirib ko‘ra olasizmi?”, deb yozgan Durov.

Hozircha t.me domenining nima sababdan ishlamay qolgani rasman ma’lum qilinmagan. .me domen zonasi operatori ham mazkur holat yuzasidan izoh bermagan.

Telegram vaqtinchalik yechim sifatida yangi havolalarni telegram.me domeni orqali shakllantirishni boshlagan. Endi ilovada kanal, post yoki profil havolasi nusxalanganda, t.me o‘rniga telegram.me manzili ko‘rsatilmoqda.

Muammo domenning amal qilish muddati tugagani bilan bog‘liq emas. t.me domeni Telegram nomi uchun 2035 yil may oyigacha ro‘yxatdan o‘tkazilgan va uning nom serverlari o‘zgarmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 18 noyabr kuni dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoqlar, onlayn o‘yinlar, striming xizmatlari Cloudflare’da sodir bo‘lgan yirik nosozlik tufayli ishlamay qolgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing