Makron Depardeni himoya qildi

Madaniyat-san’at

image

Avvalroq, dunyoga mashhur aktyor Jerar Deparde 13 ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblanishi ortidan Fransiyaning eng oliy mukofoti – "Faxriy legion" ordenidan mahrum bo‘lishi haqida xabar bergandik.

Ushbu ish Legion Kengashida ko‘rib chiqilayotgan bir paytda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron aktyorga nisbatan bunday munosabatga qarshi chiqdi. Bu haqda "Gazeta.ru" xabar berdi.

Makron mahalliy nashrlarga bergan intervyusida Jerar Depardeni himoya qilgan. Prezidentning aytishicha, u aktyorning "Faxriy legion" ordenidan mahrum etilishini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bunga sabab sifatida esa, orden aktyorga axloqi uchun berilmaganini aytgan. 

"Faxriy Legion" ordeni birgina televideniye reportajiga asoslangan holda tortib olinmaydi”, deydi u.

Fransiya Prezidenti, shuningdek, aybsizlik prezumpsiyasini esladi va hech kimning yonini olishga harakat qilmayotganini urg‘ulagan.

"Men u (Jerar Deparde) hamma kabi o‘z huquqini himoya qilishini xohlayman", deydi Makron.

Eslatib o‘tamiz, mahalliy nashr tomonidan taqdim etilgan ushbu materialda aktyor to‘rt ayol tomonidan zo‘ravonlikda ayblanmoqda. Bundan avval ham, 2018 yilda uni yosh aktrisa Sharlotta Arnold ham sudga bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

jinsiy zo'ravonlik Makron Faxriy legion Depart'e

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing