Makkaga yo‘l olib, yonib ketgan avtobusda o‘zbekistonliklar bormidi?
Jamiyat
−
28 mart 2023 22529 1 daqiqa
Avvalroq, kecha, 27 mart kuni Saudiya Arabistonida Umra ziyoratchilari ketayotgan avtobus butunlay yonib ketgani haqida xabar bergan edik. Hodisa oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi tan jarohati olgan edi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi avtobusda o‘zbekistonlik fuqarolar bo‘lmaganini ma’lum qildi.
“Saudiya Arabistonidagi mutasaddilardan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu avtobusda o‘zbekistonlik ziyoratchilar mavjud bo‘lmagan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, avtobusda yamanlik yo‘lovchilar bo‘lgan. Ularni olib ketayotgan avtobus Saudiya Arabistonining Abha shahridagi ko‘prikdan o‘tayotgan vaqtda tormoz tizimidagi nosozlik sababli yengil avtomobil bilan to‘qnashib yonib ketgan.
Qayd etish joizki, xorijiy OAVlarda avtobusda yamanlik ziyoratchilar bo‘lgani aytilmoqda.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr