Makkaga virtual tashrif buyuring

Texnologiya

image

Saudiya Arabistoning Makka shahriga virtual sayohat qilish imkoniyati yaratildi. Endilikda YouTube orqali Makka bo‘ylab “sayohat“ qilishingiz mumkin.

YouTube tarmog‘ida quyidagi video ommalashmoqda. Unda Makka, xususan, Masjid al-Haram bo‘ylab video tayyorlangan. Videoning o‘zgachaligi shundaki siz uni 360 gradusda ko‘ra olasiz.

Video tomosha qilish vaqtida tasvirni xohlagan tomoningiz bo‘ylab harakatlantirishingiz mumkin. Video davomida Ka’ba tarixi va yana bir qancha ma’lumotlar berib boriladi.

Shuningdek, ushbu kanalning boshqa videolar ham bor. Ularning birida Masjid al-Haramda namoz o‘qiyotganlarning orasidan turib manzarani 360 gradusda kuzatish imkoni bor.


Maqola muallifi

Teglar

Makka Virtual

Baholaganlar

878

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing