Maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi
Jamiyat
−
22 avgust
15979O‘zbekistonda maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda kecha, 21 avgust kuni 296-sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
- “katta leytenant” – 3 yil;
- “kapitan” – 4 yil;
- “mayor” – 5 yil;
- “podpolkovnik” – 6 yil”.
Shuningdek, Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
- “bojxona xizmati katta leytenanti” – 3 yil;
- “bojxona xizmati kapitani” – 4 yil;
- “bojxona xizmati mayori” – 5 yil;
- “bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6 yil”.
Bundan tashqari, Fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
- “katta leytenant” harbiy unvonida – 3 yil;
- “kapitan” harbiy unvonida – 4 yil;
- “mayor” harbiy unvonida – 5 yil;
- “podpolkovnik” harbiy unvonida – 6 yil”.
Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
- “katta leytenant” – 3 yil;
- “kapitan” – 4 yil;
- “mayor” – 5 yil;
- “podpolkovnik” – 6 yil”.