Rasman: Barcha xususiy klinikalarga koronovirusga test olish va davolashga ruxsat berildi

Jamiyat

image

Bugun, 16 iyul kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va ushbu davrda aholiga uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, koronavirusga tekshiruvlarni tashkil etish borasida asosiy vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda barcha xususiy klinikalarga koronavirusni aniqlash uchun PZR-testlar o‘tkazish va koronavirusga chalingan bemorlarni davolash huquqi taqdim etilgani yana bir bor ta’kidlab o‘tildi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi va hokimliklarga xususiy va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yuqorida ko‘rsatilgan masalalarda faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yordam ko‘rsatish topshirig‘i berilgan.

Yig‘ilishda koronavirus bemorlarini davolashda zarur bo‘lgan kislorod konsentratorlarini bojxona to‘lovlaridan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

140

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing