Maxachev, Rahmonov va Chimayev Edvards bilan jangdan bosh tortdi
Sport
−
20 fevral
3939UFC 300'da britaniyalik Leon Edvards bilan jang qilishni istamagan uch nafar jangchining nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda insayder Ariel Xelvani o‘z podkastida aytib o‘tdi.
Xelvaniga ko‘ra, Edvards bilan jang qilishdan bosh tortgan sportchilar rossiyalik Islom Maxachev, Qozog‘iston vakili Shavkat Rahmonov va chechenistonlik Hamzat Chimayev bo‘lgan.
Uch nafar jangchi Edvards bilan jang qilishdan bosh tortgani haqida UFC prezidenti Dana Uayt ham aytib o‘tgan, biroq tashkilot rahbari sportchilarning ism-shariflari oshkor qilmagan.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Leon Edvards shu vaqtga qadar MMA'da 25 ta jang o‘tkazib, 22 ta to‘qnashuvda g‘alaba qozongan. 3 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan.
UFC 300 shu yilning 13 aprelida bo‘lib o‘tadi. Turnirga AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahri mezbonlik qiladi.
LiveBarchasi