Maxachev Porega qarshi jangdan oldin kasallikka chalinganini ma’lum qildi
Sport
−
03 iyun
4664Yengil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Islom Maxachev UFC 302 turnirida bo‘lib o‘tgan mashhur amerikalik jangchi Dastin Pore bilan jangidan oldin stafilokokk infeksiyasiga chalinganini tasdiqladi.
“Stafilokokk infeksiyasi meni biroz qiynadi. Taxminan bir hafta oldin AQSHga keldim. Bu davrda hech qanday mashg‘ulot o‘tkazmadim, infeksiya rivojlanib ketmasligi uchun dam oldim va keyin mendagi bezovtalik kamaydi”, deydi Maxachev.
Ma’lumot uchun, stafilokokk infeksiyasi bu har xil turdagi bakteriyalar keltirib chiqaradigan kasalliklar guruhi bo‘lib, kasallik tomoq og‘rig‘i, teri toshmasi va suyak to‘qimalarining yallig‘lanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Qayd etish joiz, 2 iyun kuni Islom Maxachev amerikalik jangchi Dastin Porega qarshi jang o‘tkazdi. To‘qnashuv UFC 302 turnirining markaziy jangi maqomida bo‘lib o‘tdi va beshinchi raundning o‘rtalarida Maxachev raqibini bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
LiveBarchasi