Maxachev - Oliveyra jangi bo‘lmaydi. UFC Islomga boshqa jiddiy raqib topdi 

Sport

image

Joriy yilning 21 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida o‘tkaziladigan UFC 294 musobaqasining markaziy jangida o‘zgarish ro‘y berdi. Braziliyalik Charlz Oliveyra jarohat olgani sababli Islom Maxachevga qarshi oktagonga ko‘tarila olmaydi. Bu haqda UFC o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, jangga 11 kun qolganda vazn toifasidan qat’iy nazar (P4P) dunyoning eng kuchli jangchilaridan biri bo‘lgan avstraliyalik Aleksandr Volkanovski Abu Dabida Maxachevga qarshi jang qilishga rozi bo‘lgan.

Maxachev va Volkanovski shu yilning 11 fevral kunida to‘qnash kelgandi va o‘shanda Maxachev ochkolar bo‘yicha ustun kelgandi. Volkanovski esa hakamlar qaroridan norozi bo‘lgan. UFC esa barchasini inobatga olgan holda revansh jangni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, UFC 294 ning asosiy kardidan Paulu Kosta va Hamzat Chimayev, Magomed Ankalayev va Joni Uoker to‘qnashuvlari ham o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Charl'z Oliveyra Islom Maxachev Aleksandr Volkanovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing