Maxachev Qozog‘iston xalqini qo‘llab-quvvatladi (foto)
Sport
−
07 yanvar 2022
5410Yengil vazn toifasida UFC’ning 4-raqamli jangchisi Islom Maxachev o‘zining Instagram sahifasida Qozog‘iston xalqini qo‘llab-quvvatladi.
“Birodar, Qozog‘iston xalqi. Qodir Xudo sizni hamma yomonlikdan saqlasin”, deya yozib qoldirgan Maxachev.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.
Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.
5 yanvar kuni, shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Qozog‘istonning birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev esa Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.
To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.
Ma’lumot uchun, Islom Maxachev (21-1) oxirgi marta BAA poytaxti Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da bo‘lib o‘tgan UFC 267 turnirida Den Xukerni (21-11) mag‘lub “kimura” (qo‘lni qayirish) uslubi orqali mag‘lub etgan edi.
LiveBarchasi