Makgregor Porega qarshi uchinchi jangni so‘ramoqda
Sport
−
05 fevral 2021
4233Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor amerikalik Dastin Pore bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchinchi jang haqida gapirdi. Bu haqda jangichining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qilgan.
“Mening qo‘limda hozirda ajoyib trilogiya bor, bu – hayajonli manzara! Men yana zavq olish uchun qaytaman.
Dastin jangga favqulodda yakun yasadi. Endi biz hal qiluvchi jangni o‘tkazimishiz kerak! Hammasi aynan shunday bo‘ladi”, deydi Makgregor.
Shuningdek, irlandiyalik jangchi Porega mag‘lub bo‘lganining sabablarini ham aytib o‘tgan.
“Men mashg‘ulot jarayoniga bir tomonlama borib, faqat boksga e’tiborimni qaratganman. Dastin – Menni Pakyao bilan jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun eng yaxshi raqib.
Dastin oyog‘imga juda ko‘p zarbalar berdi. Uning 18-zarbasi mening peroneal asabimga zarar yetkazdi. Shundan keyin hammasi tugadi, men bunga o‘xshash og‘riqni birinchi marta his qildim”, deydi Konor Makgregor.
Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasining asosiy bahsida Dastinga nokaut bilan yutqazdi. Bu esa Konorning faoliyatidagi birinchi marta nokaut bilan mag‘lub bo‘lishi edi.
Bu ikki jangchi birinchi marta 2014 yilning sentyabr oyida to‘qnash kelgan. Lekin o‘sha jangda akschincha, irlandiyalik Konor amerikalik Dastinni nokautga uchratgan edi, birinchi raunddayoq.