Makgregor Maxachev bilan jang qilishi mumkin

Sport

image

Mashhur MMA menejeri Ali Abdul Aziz irlandiyalik Konor Makgregor va rossiyalik Islom Maxachev o‘rtasidagi jang ehtimolini baholadi.

“Agar Konor birinchi raunddayoq Maykl Chandlerni nokaut evaziga mag‘lub etsa, xohlaysizmi-yo‘qmi, Konor darhol chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylanadi. Agar Makgregor chempionlik jangini xohlasa, Islom uni rad etmaydi, chunki bu jang ishtirokchilari katta pul ishlab olishlari mumkin, biroq ularga yaxshi pul to‘lanmasa, jang bo‘lmaydi”, deydi Maxachevning menejeri Ali Abdul Aziz.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Islom Maxachev oxirgi jangini 1 iyun kuni amerikalik Dastin Porega qarshi o‘tkazib, 5-raundda raqibini bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etdi va o‘ziga tegishli kamarni 3 marta himoya qildi. 35 yoshli Konor Makgregor esa oxirgi marta 2021 yilda Dastin Pore bilan to‘qnashib, imkoniyatni boy bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Dastin Por'e Islom Maxachev Ali Abdul Aziz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing