Makedoniyada urg‘ochi toshbaqalar jinsiy ta’qib sabab o‘z joniga qasd qilmoqda

Bu qiziq

image

Shimoliy Makedoniyada “Hermann” turidagi urg‘ochi toshbaqalar jinsiy ta’qib sabab o‘z joniga qasd qilmoqda. Bu haqda “Ecology Letters” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Golem Grad orolida 1000 ga yaqin “Hermann” toshbaqasi yashaydi. Har bir urg‘ochi toshbaqaga 19 ta erkak toshbaqa to‘g‘ri keladi. Ushbu nomutanosiblik tufayli urg‘ochi toshbaqalar doimiy ravishda ta’qib qilinadi va ko‘pchiligining jinsiy a’zolari shikastlangani aniqlangan. Olimlarning aniqlashicha, bu urg‘ochilarda o‘z joniga qasd qilishga moyillikka olib kelgan.

Mazkur nomutanosiblikni aniqlash maqsadida tajriba o‘tkazgan olimlar urg‘ochi va erkak toshbaqalarni sun’iy jarlik mavjud bo‘lgan qo‘raga joylashtirgan. Tajribada deyarli barcha urg‘ochilar erkak toshbaqalardan qochishga harakat qilgan.

Tadqiqotchilar agar vaziyat o‘zgarmasa, oroldagi oxirgi urg‘ochi toshbaqa 2083 yilda nobud bo‘lishini taxmin qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Makedoniya Hermann

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing