Mudhish halokat: Shimoliy Makedoniyada motam kunlari o‘tkaziladi 

Olam

image

Bolgariyadagi avtobus halokati munosabati bilan Shimoliy Makedoniyada motam kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Stevo Pendarovski ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, Shimoliy Makedoniya Bosh vaziri Zoran Zayev Tashqi ishlar vaziri va Sog‘liqni saqlash vaziri bilan bugun, 23 noyabr kuni Sofiyaga jo‘nab ketgan va Shimoliy Makedoniyadan tegishli mutaxassislar guruhlari Bolgariyaga yuborilgani haqida ma’lum qilgan. 

“Biz vakolatli organlar to‘liq tekshiruv o‘tkazishini kutamiz. Kelgusi motam kunlarida qurbonlar ruhiga tinchlik va osoyishtalik, jabrlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishini tilayman”, deb yozgan davlat rahbari. 

Avvalroq, bugun, 23 noyabr kuni Bolgariyada avtobus halokatga uchrab, yonib ketgani haqida xabar bergandik. Turli manbalarga ko‘ra, 45 yoki 46 kishi halok bo‘lgan, ulardan 12 nafari voyaga yetmaganlar. Shimoliy Makedoniya Bosh vaziri Zoran Zayev qurbonlarning barchasi shu davlat fuqarolari ekanligini aytgan. Salonda 52 yoki 53 kishi bo‘lgan. 

Qurbonlarning jasadlari tanib bo‘lmas darajada kuygan. Yetti nafar kattalar, jumladan, 17 yoshli qiz Sofiyadagi shifoxonaga yetkazilgan. Ularning hayoti xavf ostida emas.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Makedoniya motam

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing