Shimoliy Makedoniyadagi fojiada taniqli futbolchi vafot etdi
Sport
−
18 mart
3683Joriy yilning 16 mart kuni kechqurun Shimoliy Makedoniya Kochani shahridagi “Pulse” tungi klubida DNK duetining konserti chog‘ida pirotexnika vositalaridan chiqqan uchqundan binoning tom qismi yonib ketdi va oqibatda 50 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi. Buyu haqda “Dailysports” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, halok bo‘lganlardan tashqari yana 100 dan ortiq kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Bu fojia futbol olamini ham chetlab o‘tmadi.
Qayd etilishicha, Makedoniya oliy ligasining “Shkupi” klubi markaziy yarim himoyachisi Andrey Lazarov tungi klubda vafot etgan. 25 yoshli futbolchi yonayotgan binodan odamlarni qutqarishga harakat qilgan, biroq oxir-oqibat o‘zi qochib qutula olmagan.
Andrey Lazarov “Shkupi” uchun asosiy tarkib futbolchisi bo‘lgan va bungacha u Xorvatiyada “Gorisa” va “Rudesh” klublarida, vatanida esa “Tikvesh” va “Rabotnichki”da o‘ynagan. U Shimoliy Makedoniya yoshlar terma jamoasi safida ham 1 ta o‘yinda qatnashishga ulgurgan.