Maqsad Rossiyani siqib chiqarish – Zaxarova YeIning Armanistondagi missiyasi haqida

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Yevropa Ittifoqining Armanistondagi fuqarolik missiyasida Kavkaz ortidagi vaziyatni normallashtirish manfaatlaridan uzoqda bo‘lgan faqat geosiyosiy fonni va asl maqsad Rossiyani mintaqadan siqib chiqarish ekanini ko‘radi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning tegishli missiya ishining boshlanishi munosabati bilan bugun, 20 fevral kuni tarqatilgan izohlarida aytiladi. 

“Afsuski, biz Yevropa Ittifoqi va umuman G‘arbning ittifoqdosh Armanistonda har qanday yo‘l bilan o‘z o‘rnini egallash istagini birinchi marta qayd etayotganimiz yo‘q. Biz bu urinishlarda manfaatlardan yiroq, faqat geosiyosiy fonni ko‘rmoqdamiz. Rossiyani mintaqadan siqib chiqarish va xavfsizlikning asosiy kafolati sifatidagi tarixiy rolini zaiflashtirish uchun hamma narsa qilinmoqda. Bakuning bu tashabbusiga nisbatan jamoatchilik tomonidan bildirilgan salbiy baholarga e’tibor berilmayapti”, deydi diplomat. 

Zaxarova ta’kidlaganidek, Yevropa Ittifoqining turli mintaqaviy mojarolarni hal qilishda ishtirok etish tajribasi juda noaniq.  

“Bryussel bu sohadagi muvaffaqiyati bilan maqtana olmaydi. Masalan, vositachilik sa’y-harakatlari va Serbiyaning Kosovo viloyatidagi YeI missiyasini olaylik”, deya Yevropa Ittifoqining Armanistondagi yangi missiya haqidagi qarorini baholashda buni hisobga olish kerakligini urg‘uladi.

Diplomat Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlar majmuasi yaqin kelajak uchun mintaqada barqarorlik va xavfsizlikning asosiy omili bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.  

“Ularni har tomonlama amalga oshirish orqali, jumladan, transport kommunikatsiyalarini blokdan chiqarish, Armaniston-Ozarbayjon chegarasini delimitatsiya qilish, ikki mamlakat jamoatchiligi, ekspertlari, diniy doiralari, parlament a’zolari o‘rtasida aloqa o‘rnatish, shuningdek, tinchlik shartnomasini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar mintaqadagi vaziyatni yaxshilashning eng to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lidir. Rossiya Federatsiyasi bunga har tomonlama hissa qo‘shishga tayyor”,  deya xulosa qilgan Zaxarova. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 20 fevral kuni Yevropa Ittifoqi Armanistonda Ozarbayjon bilan vaziyatni tartibga solishga hissa qo‘shishi kerak bo‘lgan fuqarolik missiyasi ishini boshladi. Missiyaning ikki yillik mandati “uzluksiz patrullik qilish va vaziyat bo‘yicha [Bryusselga] hisobot berishni o‘z ichiga oladi, bu esa Yevropa Ittifoqining joylardagi vaziyatni tushunishini oshiradi”. Bryusseldagi ekspertlarning qayd etishicha, ushbu missiyaning tashkil etilishi YeI va Rossiya o‘rtasidagi qarama-qarshilik sharoitida alohida ahamiyatga ega. Bu Yevropa Ittifoqining Kavkaz ortidagi ta’sirini kuchaytirishga hissa qo‘shishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ozarbayjon-Armaniston Mariya Zaxarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing