Maguayr Jahon chempionatiga bormaydi – Romano

Sport

image

“Manchester Yunayted” himoyachisi Harri Maguayr Angliya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun tarkibidan chetlatildi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Romanoga ko‘ra, ingliz futbolchisi milliy terma jamoaning yakuniy ro‘yxatida yo‘qligidan hayratda qolganini tan olgan.

“Men hayratda qoldim. O‘tkazgan mavsumimdan so‘ng, bu yozda mamlakatim uchun muhim rol o‘ynay olishimga ishonchim komil edi. Bu qaror katta zarba bo‘ldi. Milliy terma jamoa futbolchilariga omad tilayman”, deydi Maguayr.

Tomas Tuxelning qarori ko‘plab ingliz muxlislari va mutaxassislari uchun kutilmagan bo‘ldi, chunki Maguayr bu mavsumda “Manchester Yunayted”ning asosiy tarkibida muntazam o‘ynagan va Angliya terma jamoasining eng tajribali himoyachilaridan biri hisoblanadi.

Angliya terma jamoasi mundial uchun hali rasmiy qaydnomasini e’lon qilmadi, mahalliy OAVlarga ko‘ra, bir qator yulduz futbolchilar yakuniy ro‘yxatdan tushib qolgan.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya Harri Maguayr “Manchester Yunayted”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing