Mag‘lubiyatga uchramagan bokschi 33 yoshida vafot etdi

Sport

image

Puerto-Rikolik sobiq bokschi Prichard Kolon 33 yoshida vafot etdi. Bu haqda “The Ring” nashri xabar berdi.

Kolon yarim o‘rta vazn toifasida mag‘lubiyatga uchramagan professional bokschi edi. Uning so‘nggi jangi 2015 yil oktyabr oyida amerikalik Terrell Uilyamsga qarshi bo‘lib o‘tgan. Jang davomida Uilyams Kolonning boshi orqa qismiga bir necha bor qoidaga xilof zarbalar bergan.

Jangdan so‘ng Kolonning holati kiyinish xonasida og‘irlashib, u hushidan ketgan. Bokschi zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan va subdural gematomani olib tashlash uchun operatsiya qilingan. Shundan so‘ng u 221 kun komada yotgan.

Komadan chiqqanidan keyin ham Kolon nogironlar aravachasida va vegetativ holatda qolgan. U yurish va gapirish qobiliyatini to‘liq yo‘qotgan bo‘lsa-da, maxsus kompyuter va imo-ishoralar yordamida qisman muloqot qila olgan.

Ma’lumot uchun, Uilyamsga qarshi jangga qadar Kolon 16 ta g‘alabaga erishgan va biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing