Mag‘lubiyat uchun hamma aybdor – Gvardiola
Sport
−
12 fevral 9458 1 daqiqa
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Real”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining birinchi o‘yinidagi mag‘lubiyatga sababchi bo‘lganlar haqida gapirdi.
Uchrashuv 3:2 hisobida Ispaniya klubi foydasiga hal bo‘ldi. Mezbonlar hisobda ikki marta oldinda turib, baribir bahs yakunida mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
“Men “Manchester Siti”da ko‘p yillardan buyon ishlayman va ajoyib jamoaning, haqiqiy mashinaning bir qismiman, ammo hozircha jamoaga yuzaga keladigan salbiy vaziyatlardan chiqishda yordam beradigan narsani taklif qila olmayman. Bu natijalar uchun javobgarlik barchamizning zimmamizda. Tan olaman, bizning tizimda hamma narsa avvalgidek ishlamayapti. Bir o‘yinchini ayblash oson, lekin bu bema’nilik. Hamma aybdor, birinchi navbatda men aybdorman. Gap shundaki, biz yetarlicha barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapmiz”, deydi Gvardiola.
2024/2025 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob o‘yini Madridda 20 fevralga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. “Real”ga qarshi bahdan oldin “Man Siti” Angliya chempionati doirasida 15 fevral kuni “Nyukasl”ni qabul qiladi.