Magistraturaga kirish imtihonlari natijalari qachon e’lon qilinishi aytildi

Jamiyat

image

2020/2021 o‘quv yilida respublika OTMning magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirib, kirish imtihonlarida (onlayn test sinovlarida) ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalari bilan tegishli OTMning rasmiy veb-sayti orqali bugun soat 17:00 dan boshlab tanishishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 2020/2021 o‘quv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlari karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda 2020 yil 8-20 sentyabr kunlari o‘tkazildi. 

Imtihonlar test sinovi kompyuter orqali onlayn olindi.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan tegishli oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari so‘raladi.


Maqola muallifi

Teglar

magistratura kirish imtihoni

Baholaganlar

99

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing