Magistratura mandati e’lon qilindi
Jamiyat
−
23 avgust 2022 12544 1 daqiqa
Oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
“2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil etdi. Shundan:
• xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta;
• davlat stipendiantlari — 296 ta;
• kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom egalari — 159 ta;
• kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari — 12 ta;
• ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilar — 170 ta.
Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025