Magistratura mandati e’lon qilindi

Jamiyat

−

image

Oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

“2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil etdi. Shundan:

•    xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta;

•    davlat stipendiantlari — 296 ta;

•    kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom egalari — 159 ta;

•    kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari — 12 ta;

•    ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilar — 170 ta.

Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

402

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing