MAGATE missiyasi Zaporoje AESga jo‘nab ketdi
Olam
−
01 Sentabr 2022
4961Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) missiyasi Zaporoje atom elektr stansiyasi (ZAES) tomon yo‘l oldi. Bu haqda bugun, 1 sentyabr “Reuters” agentligi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, MAGATE bosh direktori Rafael Grossining aytishicha, stansiya joylashgan Energodar hududida harbiy faollik kuchaygan, ammo missiya to‘xtamaydi.
MAGATE missiyasi 29 avgust kuni Venadan jo‘nab ketdi va 30 avgust kuni kuni Kiyevga yetib keldi, u yerda delegatsiya Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Missiya ZAESga aynan Kiyev va Ukraina nazorati ostidagi hudud orqali kirishini ma’lum qildi.
Missiya ishi tafsilotlari bilan tanish bo‘lgan BMT manbasining 30 avgust kuni TASSga ma’lum qilishicha, uning tarkibiga 10 ta davlat –Albaniya, Iordaniya, Italiya, Xitoy, Litva, Meksika, Polsha, Serbiya, Shimoliy Makedoniya va Fransiya vakillari kiritilgan. Grossi delegatsiyasiga boshchilik qiladi. Manbaning tushuntirishicha, Rossiya va Ukraina vakillari uning betarafligi va xolisligini ta’minlash uchun missiya tarkibiga kiritilmagan. Suhbatdosh, shuningdek, inspektorlar stansiyada yadroviy xavfsizlikni o‘rganishini, lekin siyosiy va harbiy masalalarni o‘rganmasligini ta’kidlagan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari faqat logistika – ZAESga sayohat va xavfsizlik nuqtai nazaridan yordam berishadi.
Grossining o‘zi avvalroq ZAESda MAGATE mutaxassislarining doimiy ishtirokini tashkil etishni rejalashtirayotganini aytgan edi. Rossiya Federatsiyasining Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanov Rossiya bu niyatni olqishlashini aytdi. Energodarda joylashgan Zaporoje AES Rossiya qo‘shinlari nazorati ostida qolmoqda.
LiveBarchasi