Madrimovning vaznida mutlaq chempionlik jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum

Sport

image

Birinchi o‘rta vazn toifasida WVC, WVA va IBF kamarlari sohibi Jermell Charlo (34-1-1, 18 KO) va WBO chempioni Brayan Kastano (17-0-2, 12 KO) o‘rtasidagi revansh jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. 

Jang 2022 yilning fevral oyida kechadigan bahs Texas shtatida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bokschilarning ilk jangi joriy yilning iyul oyida bo‘lib o‘tgan va durang natija bilan yakunlangan edi.

Ma’lumot uchun, ushbu vaznda Isroil Madrimov (7-0-0) ham ringga ko‘tariladi. U navbatdagi jangini joriy yilning 17 dekabr kuni fransiyalik Mishel Soroga qarshi ringga ko‘tariladi. Soro shu kungacha 38 ta jangda ishtirok etgan hamda 35 ta 2 mag‘lubiyat va bitta durang qayd etgan. 

Ushbu jang g‘olibi WBA yo‘nalishi bo‘yicha majburiy da’vogarga aylanadi va chempionlik jangida ishtirok etishi mumkin. WBO yo‘nalishida esa avstraliyalik Tim Szyu (20-0-0) majburiy da’vogar maqomiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov WBA WBC Brayan Kastan'o Jermell Charlo IBF WBO Tim Tszyu

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing