Madrimov WBO reytingida top-10 ga kirdi
Sport
−
27 noyabr
7732O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov Butunjahon boks tashkilotining (WBO) yangilangan reytingida 10-o‘rinni egalladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Madrimovning bo‘lajak raqibi ukrainalik Sergey Bogachuk esa 14-o‘rinni band etdi. Ular o‘rtasidagi jang 21 dekabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etiladi.
Reytingda puerto-rikolik Ksander Zayas yetakchilik qilmoqda. Kuchli uchlikka britaniyalik Josh Kelli va amerikalik Charlz Konvell kirdi.
WBO reytingi:
1. Ksander Zayas;
2. Josh Kelli;
3. Charlz Konvell;
4. Takeshi Inoue;
5. Xesus Ramos;
6. Cherdal Buker;
7. Xorxe Garsiya Peres;
8. Freydis Roxas;
9. Ardreal Xolms;
10. Isroil Madrimov;
14. Sergey Bogachuk.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana bir o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosovning chempionlik jangi sanasi ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi