Madrimov vaznida WBO kamari egasining raqibi o‘zgardi

Sport

image

Birinchi o‘rta vazn toifasida Butunjahon boks tashkiloti (WBO) kamari sohibi avstraliyalik Tim Szyu Butunjahon boks kengashi (VBS) bo‘sh turgan chempionlik unvoni uchun amerikalik Sebastyan Fundora bilan jang o‘tkazadi. Bu haqda “No Limit Boxing” promouterlik kompaniyasi o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Jang 30 mart kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. Aslida avstraliyalik bokschining raqibi amerikalik Kit Turman bo‘lishi kerak edi, biroq Turman jarohati bois jangda ishtirok etishni istamadi.

Szyu 29 yoshda, u sobiq mutlaq jahon chempioni Konstantin Szyuning o‘g‘li. Professional ringda Tim Szyu 24 jangda 24 ta g‘alabaga erishdi. Fundoraga qarshi jang uning WBO chempionligi uchun ikkinchi himoyasi bo‘ladi. Birinchisida u hakamlarning yakdil qarori bilan amerikalik Brayan Mendozani mag‘lub etgan. 26 yoshli Fundoraning hisobida 20 g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat va durang bor.

Qayd etish joiz, mazkur vazn toifasida o‘zbekistonlik Isroil Madrimov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari sohibi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Tim Tszyu Sebast'yan Fundora

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing