Madrimov va Krouford “nigohlar jangi”da to‘qnash keldi (video)
Sport
−
25 aprel
11907Kecha, 24 aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida amerikalik mag‘lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan 36 yoshli Terens Krouford (40-0, 31 KO) hamda 29 yoshli o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) ishtirokida ilk matbuot anjumani hamda face-to-face marosimi bo‘lib o‘tdi.
3 avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan ushbu jangda o‘rtaga Madrimovga tegishli WBA chempionlik kamari hamda birinchi o‘rta vaznda vakant, ya’ni egasiz bo‘lib turgan vaqtinchalik WBO kamari qo‘yiladi.
Ikkala bokschi ham jang bo‘yicha o‘zlarining dastlabki fikrlarini bildirdi.
“Men professional boksdagi faoliyatimni boshlagan paytimda Terens kabi bokschilarga qarshi jang o‘tkazishni orzu qilganman. Bugun sevimli bokschimiz, P4P reytingi yetakchisi bo‘lgan Terens Krouford bilan jang o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritdim. Menga uning uslubi yoqadi. Uni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim. 3 avgust kuni kamarimni himoya qilishga tayyor bo‘laman”, deydi Madrimov.
LiveBarchasi