Roy Jons Madrimovning raqibini dunyoning eng yaxshi bokschisi deb atadi
Sport
−
17 iyul
10571To‘rt divizionda afsonaviy sobiq jahon chempioni Roy Jons hamyurti Terens Kroufordni ayni damda dunyoning eng yaxshi bokschisi deb tan oldi. Bu haqda u “All the smoke fight” YouTube sahifasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
O‘z intervyusida Jons yaponiyalik Naoya Inoueni alohida e’tirof etdi, lekin Terens Kroufordni hozirgi vaqtda eng kuchli bokschi ekanligini bildirdi.
“Naoya Inoue, garchi u Yaponiyada bo‘lsa ham, ajoyib bokschi. Biz uni tez-tez ringda ko‘rmayotganimiz uchun hozirda Naoyani eng zo‘ri deya olmayman, biroq Naoya P4P reytingi yetakchisi bo‘lishga munosib. Inoue o‘z vaznida yetarlicha raqobatga ega emas. AQSHda Naoyani unchalik yaxshi tanishmaydi, chunki bizda uning vazn toifasida taniqli bokschilar yo‘q. Shuning uchun men Terens Kroufordni bu borada 1-o‘ringa qo‘ygan bo‘lardim”, deydi Roy Jons.
Qayd etish joiz, to‘rt vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue navbatdagi jangini avstraliyalik Ti Jey Doxeniga qarshi o‘tkazadi. Jang 3 sentyabr kuni yengilmas chempionning vatani – Tokioda bo‘lib o‘tadi.
Aslida Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) ikkinchi eng yengil vazn toifasida Naoya Inouega o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevdan majburiy himoya jangi o‘tkazishga buyruq bergandi, biroq yakunda Naoya Ti Djey Doxeniga qarshi ringga chiqishga qaror qildi. Ahmadaliyev esa WBA reytingida 2-o‘rinni egallagan amerikalik Ramon Kardenas bilan WBA kamari uchun jang qilishi mumkin.
O‘z navbatida, Roy Jons e’tirof etayotgan Terens Krouford 3 avgustda o‘zbekistonlik Isroil Madrimovga qarshi WBA chempionlik kamari hamda birinchi o‘rta vaznda vakant, ya’ni egasiz bo‘lib turgan vaqtinchalik WBO kamari uchun jang qiladi.
LiveBarchasi