Aleksandr Usik dunyoning eng yaxshi bokschisi unvonini qaytarib oldi
Sport
−
25 dekabr 2025 5337 1 daqiqa
“The Ring” jurnali vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda og‘ir vazn toifasida WBC, WBA va IBF chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan ukrainalik Aleksandr Usik amerikalik Terens Krouford faoliyatini yakunlaganidan so‘ng birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Usikdan keyin kuchli o‘nlikdagi barcha bokschilar bir pog‘onadan yuqoriga ko‘tarildi. Reytingning eng yangi ishtirokchisi esa minimal vazn toifasida WBA, WBO va The Ring kamarlariga ega puerto-rikolik Oskar Kollazo bo‘ldi.
“The Ring” nashriga ko‘ra, 2025 yil 25 dekabr holatiga ko‘ra top-10:
- Aleksandr Usik – Ukraina;
- Naoya Inoue – Yaponiya;
- Jesse Rodriges – AQSH;
- Dmitriy Bivol – Rossiya;
- Artur Beterbiyev – Rossiya;
- Dzyunto Nakatani - Yaponiya;
- Shakur Stivenson – AQSH;
- Devid Benavides – AQSH;
- Devin Xeyni – AQSH;
- Oskar Kollazo - Puerto-Riko.
Ma’lumot uchun, joriy yilning iyul oyida Aleksandr Usik britaniyalik Daniel Dyubuani beshinchi raundda nokautga uchratib, ikki karra mutlaq og‘ir vazn chempioniga aylangandi. Biroq o‘tgan oyda u WBO chempionlik kamarini majburiy himoya qilmaslikka qaror qilgani sababli ushbu kamaridan mahrum qilingan.