Madrimov ESPN reytingida top-3'ga kirdi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov Amerikaning mashhur ESPN sport nashri tomonidan tuzilgan reytingda o‘rta vazn toifasida 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Madrimov oxirgi jangini shu yilning 8 mart kunida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi “Kingdom Arena” majmuasida tashkil etilgan boks oqshomida rossiyalik Magomed Qurbonovga qarshi o‘tkazib, raqibini texnik nokautga uchratib, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari sohibiga aylangandi.

Shunday qilib, bungacha mazkur reytingda 8-o‘rinni egallab turgan 29 yoshli Madrimov besh pog‘ona yuqorilashga erishdi.

ESPN reytingida 1-o‘rinni sobiq amerikalik mutlaq chempion Jermell Charlo, 2-o‘rinni esa Butunjahon boks tashkiloti (WBO) kamari egasi avstraliyalik Tim Szyu joy egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Jermell Charlo Tim Tszyu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made