Madrimov dekabr oyida Toshkentda ringga ko‘tariladi
Sport
−
08 noyabr 2021 2819 1 daqiqa
Professional boksning birinchi o‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishining 2-raqamli jangchisi Isroil “The Dream” Madrimovning (7-0-0) joriy yil 11 dekabr kuni fransiyalik Mishel Soroga (35-2-1) qarshi o‘tkazadigan jangiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi.
Mukofot jamg‘armasi 245 ming dollarni tashkil etadi. WBA reytingining birinchi raqamli charm qo‘lqop ustasi Mishel Soro yuqoridagi summaning 60 foiz (147 ming AQSH dollari), Isroil Madrimov esa 40 foizini (98 ming AQSH dollari) qo‘lga kiritadi.
Madrimov va Soro jangi g‘olibi WBA (super) kamari uchun rasmiy da’vogarga aylanadi. “Mir Boksa” va “Matchroom Boxing” kompaniyalari tomonidan tashkil etiladigan jangni o‘tkazish uchun AQSHning Las-Vegas va Klivlend shaharlari ham kurash olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘rta vazn toifasida WVA, WVC va IBF kamarlari sohibi Jermell Charlo (34-1-1, 18 KO) hisoblanadi. U joriy yilning iyul oyida mutlaq Jahon chempionligi uchun bo‘lib o‘tgan jangda WBO chempioni Brayan Kastano (17-0-2, 12 KO) bilan bahs olib borgan va ushbu bellashuv durang natija bilan yakunlangandi.
Live
Barchasi