Madina Muxtorova va uning oila a’zolari IIBga chaqirtirildi...mi?

Jamiyat

image
Akasi tomonidan do‘pposlangani aytilgan bola Madina Muxtorovaning o‘g‘li bo‘lib chiqdi north_east

Akasi tomonidan do‘pposlangani aytilgan bola Madina Muxtorovaning o‘g‘li bo‘lib chiqdi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda akasi tomonidan kaltaklangani aytilan bola tasvirlangan video tarqalgani haqida xabar bergandik. Keyinroq u bola aktrisa Madina Muxtorovaning kichik o‘g‘li ekani aytildi.

Holat yuzasidan Yunusobod tuman IIB tekshiruv o‘tkazib, natijalarni ham e’lon qildi va videodagi bola haqiqatda Madina Muxtorovaning kenja o‘g‘li ekanini bildirdi. Ammo uning ayovsiz kaltaklangani o‘z isbotini topmadi.

QALAMPIR.UZ manbasining ma’lum qilishicha, video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, bugun, 3 yanvar kuni Madina Muxtorova, uning 3 nafar farzandi va onasi Yunusobod tumani IIBga so‘roq uchun chaqirtirilgan.

Mazkur xabarga aniqlik kiritish uchun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot kotibi Irina Sayfutdinova bilan bog‘landik. U bizdagi ma’lumotni to‘laqonli tasdiqlay olmasligini, biroq bu yuz berishi mumkin bo‘lgan holat ekanini aytib o‘tdi.

“Internetda video tarqaldi, vaziyatga aniqlik kiritish uchun o‘tkaziladigan surishtiruv doirasida chaqirtirilgan bo‘lishi mumkin. Bu ma’lumotni to‘la inkor qila olmayman”, dedi Sayfutdinova.

Shu bilan birga, Irina Sayfutdinova oila Ichki ishlar organlaridan o‘zlari haqida ma’lumotlarni ochiqlamaslikni so‘raganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Madina Muxtorova

Baholaganlar

625

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing