Madina Muxtorova onalik huquqidan mahrum etilishi mumkin?
Jamiyat
−
04 yanvar 2020
35643O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muxtorovaning kenja o‘g‘liga ota-onalik huquqidan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda Yunusobod tumani hokimligi vasiylik va homiylik organi vakili Muxlisa Qosimova ma’lum qildi. Mas’ul shaxs buning uchun qanday omillar asos bo‘lishi haqida gapirdi. Shuningdek, mutaxassis nega bolani onadan olib qo‘yilmaganini ham ochiqladi.
“Biz holatni o‘rganib chiqdik. Akasi tomonidan urilgan bolaning videoroligini ko‘rdim. O‘rganib chiqdik. Hozirgi kunda bola onasi bilan birga yashamoqda. “Bola nega reabilitatsiya markaziga joylashtirilmadi yoki olib qo‘ymadinglar?” deya savol berishmoqda. Biz qachon bolaning onasidan olib qo‘yishimiz mumkin?
• agar xonadonda bolaga sharoit yaratilmagan bo‘lsa;
• bolaga ota-ona tomonidan tan jarohati yetkaziladigan bo‘lsa;
• ota-ona bolaning sog‘lig‘iga, holatiga, rivojlanishiga e’tibor bermayotgan bo‘lsa;
• ona axloqsiz hayot tarzini kechiradigan bo‘lsa;
• yashash sharoiti mavjud bo‘lmagan holatlarda biz bolani olib qo‘yishimiz mumkin” .
Mutasaddi tashkilot vakili ota-onaning qonundagi majburiyatlariga to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishiga ko‘ra, Madina Muxtoravani onalik huquqidan mahrum etish uchun asoslar tergov jarayonida aniq bo‘ladi.
“Oila kodeksining 73, 75-moddalariga binoan haqiqatan ham ota-ona bolaning sog‘lig‘iga, ta’lim-tarbiyasiga ahamiyat berishi kerak. Agarda aktrisa Madina Muxtorova voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz, katta farzandi bilan tashlab qo‘ygan bo‘lsa, tergov jarayonlarida ma’lum bo‘ladi. Agar bolaning tarbiyasi bilan shug‘ullanmagan bo‘lsa, Oila kodeksining 75-moddasiga binoan qonun oldida javob beradi.
Hamma xatti-harakatlar isbotlanganidan so‘ng, tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga Madina Muxtorovani onalik huquqidan maxrum qilishga da’vo arizasi kiritamiz. Keyinchalik bolani muqobil joylashtirish variantini ko‘ramiz”, deydi Muxlisa Qosimova.
LiveBarchasi