Madina Muxtorova va uning “kaltaklangan” o‘g‘li bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Jamiyat
−
03 yanvar 2020
43592Biroz avval, Yunusobodda yashovchi, aktrisa Madina Muxtorovaning kichik o‘g‘li haqidagi video va uning atrofidagi muhokamalar haqida ma’lum qilgan edik. Ushbu masala yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, xolat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari davomida ushbu video tasvirlardagi bola voyaga yetmagan 06.06.2006 yilda tug‘ilgan, M.A. ekanligi aniqlangan.
2020 yil 2 yanvar kungi Yunusobod tumani IIO FMB Navbatchilik qismiga RSHTYOIM tomonidan 02.01.2020 yil berilgan № 62 sonli malumotnomaga ko‘ra, M. A. “yuz va tana soxasining ko‘plab qontalashlari va let yeyishlari” tashxisi bilan murojaat qilib unga ambulator davo tavsiya etilgan.
Mazkur xolat yuzasidan vaoyaga yetmagan M.M.Alimjonovning tan jaroxati olganligi va telegram internet ijtimoiy tarmog‘iga tarqalgan xabar bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari davomida voyaga yetmagan M.A. Yunusobod tumani 19-mavze 35-uy 115-xonadonda onasi Madina Muxtarova bilan istiqomat qiladi.
Voyaga yetmagan M.A.ning tarbiyasi buzilib ko‘p vaqtini ko‘chada o‘tkazayotganligi va uning xulq atvoridagi o‘zgarishlar sababli onasi M.S.Muxtarova o‘rtancha o‘g‘li Sanjar Muxtarovga ukasi bilan gaplashib qo‘yishni aytgan.
Shu sababli Sanjar Muxtarov Yunusobod tumani 19-mavze 35-uy 115-xonadonga kelib ukasi voyaga yetmagan M.A. bilan onasi M.S.Muxtarova ishtirokida suxbatlashgan vaqtida ukasining qo‘pol muomalada bo‘lganligi va gaplariga quloq solmaganligi sababli uni qo‘li bilan yuz va tana qismidan turitib siltalaganligi natijada voyaga yetmagan M. A.ning tanasi ko‘karib uning tan jaroxati olgan. Shundan so‘ng, Madina Muxtarova voyaga yetmagan farzandi M. A.ning tanasida ko‘karishlar borligi sababli uni sog‘lig‘ini tekshirtishtirish maqsadida shifoxonaga olib borgan.
So‘ngra tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazib farzandini, ish joyi, yani O‘zbekiston milliy akademik drama teatri binosidagi xonasiga olib borgan. So‘ng Madina Muxtarova o‘rtancha farzandi Sanjar Muxtarovni unga kam etibor berayotganligi va uni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida kichik o‘g‘li bilan kelishib uning tanasini ko‘kargan joylarini tanal bo‘yoqlar bilan bo‘yab tanadagi ko‘karishlarni bo‘rtirib qo‘rsatgan.
Aslida bunday xolat bo‘lmaganligi, ammo ushbu vidoyetasvir ijtimoiy tarmoqlarga M.S.Muxtarova shu kuni telefon apparatini quvatlash uchun xonasida qoldirib ketgan vaqtida uning kasbdoshlari tomonidan beruxsat olinib tarqatib yuborilganligi aniqlangan. Ayni vaqtda kim tomonidan tarqatilganligi aniqlanmoqda.
Bundan tashqari voyaga yetmagan M.A. bilan onasi ishtirokida Yunusobod tumani IIO FMB XPB voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektori va psixologi ishtrokida suxbat o‘tkazilgan. Voyaga yetmagan M. A. tan jaroxati ehtiyotsizligi oqibatida va o‘zining aybi bilan olganligi xolati bo‘yicha akasi S.S.Muxtarovga nisbatan da’vo e’tirozi yo‘qligini, ariza yozishdan bosh tortishini, akasi tomonidan unga jismoniy va ruxiy taziyqlar o‘tkazilmaganligi malum qilgan, deya xabar bermoqda Yunusobod tuman IIB.
MADINA MUXTAROVA - 26.01.1964 yilda Toshkent shaxrida tug‘ilgan, O‘zbekiston milliy akademik drama teatrida aktrisa.
SANJAR MUXTAROV - 03.07.1987 yilda Toshkent shaxrida tug‘ilgan, malumoti o‘rta, oilali.
LiveBarchasi