Madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqi oshiriladi
Madaniyat-san’at
−
26 noyabr
2828Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi. Bu haqda 22 noyabr kuni qabul qilingan “Madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:
- 2025 yil 1 yanvardan boshlab – 20 foizga;
- 2025 yil 1 iyuldan boshlab – yana 15 foizga oshiriladi.
Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 22 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, xususan, teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar taqdimotida 2025 yildan boshlab madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlari oshirilishi qayd etilgandi.
LiveBarchasi