Madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya qilishga Koreya mablag‘lari jalb qilinadi
Olam
−
09 mart 2019
3809Kecha, 8 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Koreyaning Madaniyat, sport va turizm vaziri Du Jonxvan bilan uchrashdi.
Uchrashuv doirasida ikki davlat o‘rtasida bir qator bitimlar imzolanishi kelishib olindi, ular quyidagilar:
- ikki davlatda Madaniyat kunlarini o‘tkazish;
- O‘zbekistonda madaniy meros ob’ektlarini konservatsiya va restavratsiya ishlarini hamkorlikda olib borish va unga Koreya davlatining grantlarini jalb etish;
- Osiyo madaniyat markazida o‘zbekistonlik mutaxassislarini malakasini oshirish;
- Koreyaning madaniyat yo‘nalishidagi ta’lim maskanlari bilan hamkorlik qilish, O‘zbekistonda Koreya madaniyat maktablarini ochishdir.
Shu bilan birga, Baxtiyor Sayfullayev Koreyaning Madaniyat, sport va turizm vazirini Surxondaryo viloyati Termez shahrida 5-10 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro Baxshichilik san’ati festivali hamda Samarqanddagi "Sharq taronalari" xalqaro festivaliga fahriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun taklifnomalarni shaxsan topshirgan.
LiveBarchasi