Andijonda turar joy majmuasi ostidan tarixiy obida topilgani rostmi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahri hududida qurilayotgan turar joy majmualaridan birining kotlavan qismi kovlanayotganda tarixiy obida chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi

Aytilishicha, agentlikning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari o‘rganishi davomida Andijon shahri A.Fitrat ko‘chasi 236-uyda joylashgan manzilda tadbirkor tomonidan tegishli loyiha asosida ko‘pqavatli bino poydevorini qurish uchun mo‘ljallangan tuproqdagi qazish ishlari olib borilayotganda odam suyaklari topilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida bu yerda hech qanday tarixiy ahamiyatga ega madaniy qatlamlar, arxeologik ob’ekt yo‘qligi, ushbu joy ilgari dafn qilish (qabriston) joyi bo‘lganligi aniqlangan. 

"Yuqoridagilarga asoslanib, shu kunlarda internetda tarqalgan asossiz yolg‘on xabar ekanligini ma’lum qilamiz", deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 27 mart kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Chorbog‘” (Chorvoq) suv ombori qirg‘oqlarida odam suyaklari topilgan edi. Keyinroq u yerlarda tarixiy qabriston bo‘lib, suv ombori ostida qolib ketgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon madaniy meros tarixiy obida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing