30 yilda madaniy merosga 4 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘tgan 30 yilda madaniy meros ob’ektlariga yetkazilgan zarar miqdori 4 trillion so‘mdan oshgan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 26 aprel kuni turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tgan.

Yig‘ilishda turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega muzeylar faoliyatini samarali tashkil etish masalasi muhokama qilingan.

O‘tkazilgan tekshirishlarda respublika bo‘yicha 14 ta muzeyda 3 mingdan ziyod nodir va noyob madaniy boyliklar talon-toroj qilingani qayd etilgan. 

Jumladan, Buxoro davlat muzeyida jami 31,5 milliard so‘mlik 81 ta madaniy boyliklar qalbakilariga almashtirib qo‘yilgani aniqlangan. “Ichan-Qal’a” davlat muzey fondida jami 101 ta muzey ashyolari asliga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘lgan.

Umuman, 30 yilda madaniy meros ob’ektlariga yetkazilgan zarar miqdori 4 trillion so‘mdan oshgan. 

Shu bois, Bosh prokuror va turizm vaziri boshchiligidagi komissiyaga:

•    barcha muzeylar eksponatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, yil yakuniga qadar ularning elektron bazasini yaratish;

•    muzeylar rahbar va xodimlarining bilim va malakasini baholab, lavozimiga noloyiq rahbarlar o‘rniga bilimli, halol va tadbirkor yoshlarni qo‘yish topshirildi.

“Bundan buyon muzeylardagi sharoitlarga viloyat hokimlari javobgar bo‘ladi”, dedi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

madaniy meros

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing