Abdulaziz Komilovning o‘g‘li sotib olgan bino nega madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatidan chiqarildi?
Jamiyat
−
09 mart 2023
17816Sobiq Davlat xavfsizlik xizmati binosi madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatidan chiqarilishiga investitsiyalar dasturiga tushgan ob’ekt hisoblanishi sabab bo‘lgani aytildi. Bu haqda bugun, 9 mart kuni AOKAda Madaniy meros agentligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
“Sobiq DXX binosi madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatidan chiqarilishiga investitsiyalar dasturiga tushgan ob’ekt hisoblanishi sabab bo‘lgan”, deydi Madaniy merosni asrashga doir ishlarni litsenziyalash, ruxsatnoma berish, ilmiy-texnik nazorat qilish boshqarma boshlig‘i Bahodir Haqqulov.
Uning ta’kidlashicha, bino xalqaro investorlarning talabnomasi va investitsiya mablag‘lari hisobiga madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatidan chiqarilgan, ammo bu butkul o‘chirib tashlandi, degani emas.
“Bino davlat muhofazasida turgan ob’ekt, lekin davlat mulki emas. Bino xususiylashtirildi”, deydi Bahodir Haqqulov.
Eslatib o‘tamiz, DXXning avvalgi binosini sobiq Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li Doniyor Komilovga tegishli Metropol Group mas’uliyati cheklangan jamiyati 210 mlrd so‘mga sotib olgan edi.
Doniyor Komilov O‘zbekistondagi Metropol Group MCHJdan tashqari, Rossiyadagi “Selena” va KTS MCHJlarning ham ta’sischisi hisoblanadi.