Madaniy meros ob’ektlari qayta hisoblab chiqildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxati tasdiqlandi.

Respublikada moddiy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari jami soni 8208 ta bo‘lib, shundan 4748 ta – arxeologiya yodgorliklari, 2 250 ta - arxitektura yodgorliklari, 678 ta – monumental san’at yodgorliklari, 532 ta – diqqatga sazovor joylar.

Madaniyat vazirligi ob’ektning nomi, davri va manziliga tushuntirish berishga hamda milliy ro‘yxatga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Hukumatga takliflar kiritishga haqli.    

Milliy ro‘yxatga kiritilgan ob’ektlarga tarixiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin emas, xususiy mulk hisoblangan ob’ektlar bundan mustasno.


Maqola muallifi

Teglar

madaniy meros

Baholaganlar

8

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing