Mahmud Murodov Chexiyada operatsiya qilindi 

Sport

image

Chexiyada o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning oyog‘ida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda sportchi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, bugun, 22 avgust kuni sportchi tizzasidan operatsiya qilingan va amaliyot muvaffaqiyatli yakunlangan.

“Hammaga salom! Biz Chexiyaga yetib keldik va bugun oyog‘imni operatsiya qildirdik. Xudoga shukr hammasi yaxshi o‘tdi. Endi reabilitatsiya jarayonlaridan o‘tib olishim kerak. Shu yil yakuniga qadar yana bitta jang o‘tkazmoqchiman, albatta sizning qo‘llab-quvvatlashingiz bilan. Hammaga rahmat”, deydi Mahmud Murodov.

Avvalroq sportchi QALAMPIR.UZ'ga intervyu bergan edi, unda so‘nggi jangida oyog‘idan jiddiy jarohat olganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq London shahrida o‘tkazilgan UFC Fight Night  turnirida Mahmud Murodov amerikalik MMA'chi  Brayan Barberanani hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi. Murodov bu orqali 2 ta mag‘lubiyatli seriyasiga nuqta qo‘ydi. Bunga qadar u UFC'da 5 ta jang o‘tkazib, 3 tasida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya UFC Mahmud Murodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing