Mahmud Abbos: “Trampning rejasi bizga o‘tmaydi”
Olam
−
29 yanvar 2020
4685Falastin Prezidenti Mahmud Abbos 28 dekabr kuni Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan rejani hayotga tatbiq etishga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.
U Ramollohda chiqish qilar ekan, Trampning rejasi “o‘tmasligini” ma’lum qilgan. “Biz ushbu bitimni qat’iyan rad etamiz. Bu haqda oldin ham gaplashgan edik, bizning pozitsiyamiz o‘zgarmagan”, degan Mahmud Abbos.
Abbosning aytishicha, Isroil Quddusni to‘la nazorat qilishni istaydi, ammo bu Falastinni qoniqtirmaydi. “Quddus sotilmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan u. Har qanday sharoitda ham Quddusni Falastinning poytaxti etish talabidan voz kechmasligini yodda tutdi.
Arab OAVning xabar berishicha, Abbos Isroil bilan bu mavzuda muzokaralar olib borishga tayyor, faqat bitta sharti - unda Rossiya, AQSH, BMT va Yevropa Ittifoqi qatnashishi kerak. Falastin AQSHning yolg‘iz o‘zi bilan muzokara o‘tkazmaydi, deb ta’kidladi. Shuningdek, Falastin o‘z davlatining 1967 yilgi chegaralar bilan tan olinishini talab qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Tramp 28 yanvar kuni Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan rejasidagi asosiy fikrlarni ma’lum qilgan edi.
Falastin milliy ozodlik harakati va XAMAS harakati AQSHning Yaqin Sharqdagi tinchlik rejasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish maqsadida Ramollohda uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgani ma’lum bo‘lgan edi.
LiveBarchasi