Mahkumning kun tartibi qanday?

Bu qiziq

image

Panjara ortidagilarning mashg‘ulotlari, kundalik hayot tarzi qanday kechishi ozod inson uchun qiziq bo‘lishi mumkin. "Adolat ko‘zgusi" huquqiy-ma’rifiy gazetasining 28 mart sonida bu haqdagi jadval e’lon qilindi. 

2013 yil 29 iyulda tasdiqlangan ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib-qoidalari to‘g‘risidagi buyruqqa ko‘ra, mahkumlarning kun tartibi quyidagicha belgilangan:

  1. Ertalab o‘rindan turish – soat 6:00;
  2. Hojat, yuvinish – 15 daqiqa;
  3. Yotoq joyini yig‘ishtirish –10 daqiqa;
  4. Ertalabki va kechki ro‘yxatdan o‘tish – 30-40 daqiqa;
  5. Nonushta – 20 daqiqa;
  6. Tushlik – 30 daqiqa;
  7. Kechki ovqat – 30 daqiqa;
  8. Ishga olib chiqish – 20-30 daqiqa;
  9. Ishdan olib qaytish – 20-30 daqiqa;
  10. Ish vaqti – 8 soat (tarbiya koloniyalari uchun 6 soat);
  11. Bo‘sh vaqti – 1 soat;
  12. Ta’lim, ommaviy-madaniy tadbirlarda qatnashish – 1 soat (jadval bo‘yicha);
  13. Yotishga tayyorlanish – 10 daqiqa;
  14. Uxlash vaqti – 8 soat.

"Hech kimning boshiga tushmasin shunday joylardagi kun tartibi, lekin parda ortidagi hayot qandayligini bilib qo‘yish ham foydadan xoli bo‘lmaydi", deyiladi manbada.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "O‘zbekistondagi qamoqxonalarning ahvoli qanday?", mavzusida reportaj tayyorlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Panjara Mahkum kun tartib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing