Mahkumlar uchun elektron braslet ishlab chiqarish choralari ko‘rilmoqda
Jamiyat
−
03 dekabr
2093Mahkumlar uchun elektron braslet ishlab chiqarish choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda Kriminologiya tadqiqot instituti boshlig‘i, polkovnik, yuridik fanlar doktori Baxtiyor Berdialiyev brifingda ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, kriminologiya institutida bajarilgan ilmiy-tadqiqot loyihasi natijasida uy qamog‘i ehtiyot chorasi va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni masofaviy nazorat qilishga mo‘ljallangan metodika, elektron braslet qurilmasi va dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, intellektual mulk ob’ekti hujjatini olish, elektron brasletni ishlab chiqarish va tijoratlashtirish bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Kriminologiya tadqiqot institutining Kriminologiya, ilmiy darajalar beruvchi va institut kengashlari nizomlari ishlab chiqildi va tasdiqdan o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 avgust kuni O‘zbekistonda ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash davrida jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan elektron braslet qo‘llanilishi to‘g‘risida Prezident tomonidan “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonun imzolangandi.
LiveBarchasi