Mahkumlarga ayrim yengilliklar berildi

Jamiyat

image

Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 29 iyulda 2495-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Ichki ishlar vazirligining buyrug‘i qabul qilindi.

Unga ko‘ra, endilikda umumiy tartibli koloniyalardagi mahkumlar yil mobaynida quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi:

  • 6 marta qisqa muddatli va 6 marta uzoq muddatli uchrashuv o‘tkazishi;
  • 12 marta telefon orqali so‘zlashishi;
  • 12 ta posilka yoki yo‘qlov olishi;
  • 12 marta banderol olishi mumkin.

Ichki ishlar vazirligining ushbu buyrug‘i 2023 yil 12 dekabrdan kuchga kirdi. 

Ma’lumot uchun, shu vaqtga qadar mahkumlar 4 marta qisqa muddatli va 4 marta uzoq muddatli uchrashuvga chiqishi, 6 marta telefon orqali so‘zlashuv imkoniyatidan foydalanishi, 6 ta posilka yoki yo‘qlov hamda 6 ta banderol olish huquqiga ega edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 286 nafar shaxslar afv etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi Mahkumlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing