Mahmud Abbos Turkiyaga boradi
Olam
−
02 mart
5586Falastin Prezidenti Mahmud Abbos G‘azo sektori atrofidagi vaziyatni muhokama qilish uchun 5 mart kuni Anqaraga boradi. Bu haqda Falastin Tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy Antaliya diplomatik forumidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.
"Falastin Prezidenti Mahmud Abbos kelasi seshanba kuni Anqaraga keladi. Turkiya Falastin da’vosini qo‘llab-quvvatlaydi va biz uning yordamiga doimo ishonishimiz mumkinligini his qilamiz", deydi u.
Al-Malikiyning ta’kidlashicha, musulmon davlatlari va xalqaro hamjamiyat Isroilning mintaqadagi vaziyatni o‘zgartirishga qaratilgan o‘nlab yillar davomidagi urinishlariga qarshi turishda aniq pozitsiyani egallashi kerak.
Uning ishonchi komilki, Yevropa davlatlari Yaqin Sharqda bo‘layotgan voqealar bo‘yicha tashabbus ko‘rsatishi kerak.
"Bu Falastin davlatini tan olishdan boshlanishi mumkin. G‘azoda bundan buyon ishlaydigan yagona vakolatli va qonuniy rahbariyat Falastin ma’muriyatidir. G‘azoda ham, G‘arbiy Sohilda ham", deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 mart kuni Antaliya diplomatik forumida so‘zga chiqqan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an xalqaro hamjamiyat Falastin xalqi oldidagi qarzini faqat Falastin davlati tuzilgandan keyingina uza olishini aytgandi.
LiveBarchasi