Mahatma Gandining qo‘lyozmalari rekord narxda sotildi
Olam
−
16:47 1699 1 daqiqa
Hindiston mustaqilligi harakati yetakchisi Mahatma Gandining hayot, haqiqat va o‘zini nazorat qilish haqidagi 600 dan ortiq qo‘lyozma qaydlari 1,69 mln dollarga sotildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘lyozmalar Mumbay shahrida o‘tkazilgan auksionda savdoga qo‘yilgan. Gandi tomonidan 1944-1946 yillarda yozilgan mazkur qaydlarda uning hayotga oid qarashlari, haqiqat va o‘zini nazorat qilish haqidagi fikrlari aks etgan.
Auksionni o‘tkazgan Saffronart savdo uyi ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lyozmalarning 1,69 mln dollarga sotilishi Hindiston tarixi bilan bog‘liq hujjat uchun auksionda to‘langan eng yuqori narx bo‘yicha rekord o‘rnatgan.
Qayd etilishicha, xaridorning shaxsi oshkor qilinmagan. Biroq qo‘lyozmalar Hindistonda qolishi ma’lum qilingan. Mahatma Gandi zo‘ravonlarsiz ijtimoiy adolatga erishish g‘oyasini ifoda etgan “Satyagraxa” harakatining asoschilaridan biri hisoblanadi. U vafotidan keyin ham dunyoda shaxsiy erkinlik va fuqarolik huquqlari himoyachilari uchun ilhom manbai bo‘lib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq astronavt Bazz Oldrin “Apollon-11” missiyasi parvozida o‘zi bilan birga olib ketgan va Oyga chiqarilgan SSSR bayrog‘i Nyu-Yorkdagi Sotheby's auksionida 80 ming dollarga sotilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi